O‘zbekiston Kubogining 1/8 finaliga yo‘llanma olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichi yakunlandi. Guruh bosqichining natijalariga ko‘ra pley-offga yo‘l olgan jamoalar nomi aniq bo‘ldi.
- Birinchi o‘rinni egallagan jamoalar: «Navbahor», «OKMK», «Qo‘qon-1912», «So‘g‘diyona», «Turon», «Bunyodkor»;
- Ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar: «Qizilqum», «Lokomotiv», «Mash’al», «Andijon», «Olimpik», «Metallurg».
Shuningdek, ular orasiga «Surxon» va «Sho‘rtan» jamoalari eng yaxshi 3-o‘rinlar ichida eng yaxshi natija qayd etgan holda qo‘shildi.
Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etuvchi klublar – «Paxtakor» va «Nasaf» ham mamlakat kubogidagi ishtirokini aynan mana shu bosqichdan boshlaydi.

Foto: PFL
1/8 finaldan boshlab to finalga qadar bo‘lgan pley-off juftliklariga alohida qur’a tashlanadi.
Guruh g‘olibligi uchun kurashni ta’minlash maqsadida 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimida guruh g‘oliblari alohida savatda bo‘ladi va ular ushbu bosqichda bir-biri bilan, shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etuvchi klublar bilan to‘qnash kelmaydi. Bir o‘yindan iborat uchrashuvlarga kim mezbonlik qilishi qur’a yordamida aniqlab olinadi.

Izohlar 0
…