21:00 / 22.04.2022
968

"Al-Sadd" bosh murabbiyi: "Nasaf"da himoya kuchli, ular o‘yinni juda yaxshi tashkil etadi"

"Al-Sadd" bosh murabbiyi: "Nasaf"da himoya kuchli, ular o‘yinni juda yaxshi tashkil etadi"
Osiyo Chempionlar ligasi 5-turi doirasidagi "Nasaf" - "Al-Sadd" uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qatarliklar bosh murabbiyi Xavi Grasiya ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Hayrli kech. Bu bizning "Nasaf"ga qarshi ikkinchi o‘yinimiz va umid qilamanki, bu oldingisidan boshqacha bo‘ladi. 1-turda o‘z xatolarimiz evaziga maydonda 1 kishi kam bo‘lib qoldik, lekin ochko olishni uddaladik. "Nasaf"da himoya kuchli, ular o‘yinni juda yaxshi tashkil etadi".

Guruhdagi vaziyat chigal, jamoangiz esa omadsiz yurishdan so‘ng guruhdagi eng kuchli himoyaga ega klubga qarshi o‘ynaydi. Bu bahs bilan oldingisi o‘rtasida farq bormi?

"Albatta, biz kuchli raqibga qarshi munosib harakat qilgandik. Shunga qaramay, to‘pni nazorat qilib, imkoniyatlar yaratganmiz. Ammo kutilmagan chetlatishlar barcha rejalarimizni buzib qo‘ygandi. Shunday bo‘lsada, tartibli himoyalanib, natijani ushlab qolgandik.

E’tiblr bergan bo‘lsangiz, o‘sha uchrashuvda bizda ko‘plab vaziyatlar bo‘lgandi: burchak to‘plari, jarima zarbalari va hokazo. Lekin omad bizdan yuz o‘girgan".

Yusuf Abdurisag: "Murabbiy ta’kidlaganidek, bu biz uchun juda muhim o‘yin hisoblanadi. O‘tgan bellashuvda ikkita qizil kartochka tufayli ancha qiyin holatga tushib qolgandik. Ammo bu safar tayyorgarligimiz yaxshi. 3 ochko olishga umid qilamiz".

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Al-Sadd" bosh murabbiyi: "Nasaf"da himoya kuchli, ular o‘yinni juda yaxshi tashkil etadi"