21:11 / 26.04.2022
989

"Al-Ta’vun" murabbiyi: "Bor e’tiborimizni O‘zbekiston chempioniga qarshi bahsga qaratamiz"

"Al-Ta’vun" murabbiyi: "Bor e’tiborimizni O‘zbekiston chempioniga qarshi bahsga qaratamiz"
Xabaringiz bor, bugun "Paxtakor" OCHL guruh bosqichi 6-turida "Al-Ta’vun"ga qarshi maydonga tushadi. Raqib ustozi Van den Bron mazkur o‘yin oldidan quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Avvalgi turda "Al-Duhail"ga qarshi o‘yinda yutqazib, o‘zimizni juda og‘ir ahvolga solib qo‘ydik. Endi "Paxtakor" haqida o‘ylashimiz kerak.

Keyingi bosqichga chiqish uchun harakat qilishimiz lozim. Biz "Al-Duhail" – "Sepaxon" uchrashuviga ko‘z tikmaymiz, o‘zimizga kerakli 3 ochkoni qo‘lga kiritish uchun bor e’tiborimizni O‘zbekiston chempioniga qarshi o‘yinga qaratamiz.

Qiyin to‘qnashuv bo‘ladi. Raqib avvalgi bellashuvlarda ham juda yaxshi o‘ynadi. Tarkibdagi futbolchilar tayyor. "Sherlar"ga qarshi bahsda xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalgi kamchiliklar ustida ko‘proq ishladik
", - dedi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, "Al-Ta’vun" ayni damda 7 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rida bormoqda. 3-o‘rindagi "Sepaxon" hisobida ham shuncha ochko mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Al-Ta’vun" murabbiyi: "Bor e’tiborimizni O‘zbekiston chempioniga qarshi bahsga qaratamiz"