Saudiya chempionatida “An Nasr” yetakchi, to‘purarlik bo‘yicha kim oldinda?

Saudiya Arabistoni chempionatining 28-tur o‘yinlari yakunlandi va “An Nasr” musobaqada yakqol peshqadam sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlab oldi.
Riyod klubi hozirda eng yaqin taʼqibchisidan 5 ochko oldinda bormoqda. Kelasi turda esa ular mamlakat chempionligini rasman hal qilib qo‘yishi ham mumkin.
Shu bilan birga, to‘purarlar poygasi ham qizg‘in kechmoqda. Bu borada “Al Ahli” hujumchisi Ivan Touni yetakchilikni qo‘lga olgan. Angliyalik forvard joriy mavsumda 27 ta gol urib, ajoyib forma namoyish etmoqda.
Uning ortidan Julian Kuinones (“Al Qodisiya”) 26 gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Uchinchi o‘rinda esa “An Nasr” yulduzi Krishtianu Ronaldu 24 ta gol bilan joylashgan.
Ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni Martines Tobinson (“At Taʼvun”) — 20 gol hamda Joau Feliks (“An Nasr”) va Karim Benzema (“Al Hilol”) — har biri 16 tadan gol bilan to‘ldirmoqda.
Saudiya chempionatida intriga ham jamoalar, ham individual rekordlar darajasida davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!