
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Al-Ta’avun" bahsi yakuniga yetdi. Unda "sherlar" 5:4 hisobida raqibdan ustun keldi.
Vakillarimizdan Abbosbek Fayzullayev, Aziz Turg‘unboyev, Sardor Sobirxo‘jayev, Mirjahon Mirahmadov hamda Abbos Ergashev gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Voyneski shogirdlari 6 turda 6 ochko bilan so‘nggi pog‘onanadan joy oldi. "Al-Ta’avun" hisobidagi 7 ochko o‘zgarishsiz qoldi.
Ayni vaqtda o‘z guruhida ikkinchi o‘rinda borayotgan Saudiya Arabistoni klubining ochko yo‘qotishi "E" guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turgan "Nasaf" uchun qulay natija hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, g‘arbiy mintaqa 5 ta guruhdan 3 ta eng yaxshi 2-o‘rin sohiblari pley-off bosqichiga yo‘l oladi.
"Paxtakor" - "Al Taavon" 5:4
Gollar: 0:1 - 14 Yazid, 1:1 - 24 Fayzullayev, 2:1 - 31 Turg‘unboyev, 3:1 - 33 Sobirxo‘jayev, 3:2 - 51 Alnabit, 3:3 - 60 Alnabit, 4:3 - 78 Mirahmadov, 4:4 - 83 Alamri, 5:4 - 86 Ergashboyev.
"Paxtakor" - 35.Quvvatov, 3.Alijonov, 88.Azmiddinov, 21.Xadjiyev, 34.Sayfiyev, 6.Aliboyev, 27.Sobirxo‘jayev, 42.Fayzullayev (28.Xolmatov, 69), 8. Turg‘unboyev (29.Yoqubov, 90), 18.Erkinov (36.Ergashboyev, 79), 77.Mirahmadov.
Zaxira: 33.Suyunov, 11.Rashidov, 14.Sharkich. 16.Roziyev, 32.Asqarov, 46.Jabborov, 63.O‘rinboyev.
"Al Taavon" - Albakr, Kana, Tariq Muhammad (Fahad Rashidi, 54), Sumayhan Alnabit, Muataz Albagavi, Kristian Luindama, Hassan Havsavi (Aloyayri, 68), Mustafo Abdella, Hassan Alamri (Faysal Mutairi, 84), Rayan Al Musa, Navaf Alsubhi.
Zaxira: Zulayfi, Navaf Sufyon, Rayan Jahoniy, Rakan Tulayhi, Holid Muntashiri, Basil Mehaves.
Ogohlantirishlar: Fayzullayev (16), Xadjiyev (27), Azmiddinov (82), Farrux Sayfiyev (82), Mirahmadov (85) - Alamri (36), Al Sabhi (72). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar