11:00 / 03.08.2022
1 300

Kriptoaktivlar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdori belgilanmoqda

Kriptoaktivlar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdori belgilanmoqda
Foto: Depositphotos / amixstudio
Kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatini amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash, ularni to‘lash va taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi e’lon qilindi.

Yig‘imlar mayning (maynerlar) va kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlar faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadi.

Nizom kuchga kirganidan so‘ng Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ikki kun ichida Davlat soliq qo‘mitasiga kriptoaktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan, qayta rasmiylashtirilgan, o‘zgartirilgan, to‘xtatib turilgan, bekor qilingan va tugatilgan litsenziyalar hamda mayning amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat haqida ma’lumotlarni taqdim etadi.

Keyinchalik, Istiqbolli loyihalar agentligi mazkur band birinchi xatboshida ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi o‘zgartirishlar haqida o‘zgartirishlar kiritilgan paytdan bir ish kuni oshmagan muddatda DSQni xabardor qiladi.

Yig‘imlar miqdori, to‘lash sanasida amal qilinayotgan bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi baravarlarida belgilandi:

a) maynerlarga – 10 (o‘n);

b) xizmatlar provayderlariga:

kripto-birja – 400 (to‘rt yuz);
mayning-pul – 100 (yuz);
kripto-depozitariy – 5 (besh);
kripto-do‘kon– 20 (yigirma).

Nizomga muvofiq belgilangan yig‘imlar kriptoaktivlar aylanmasi sohasida litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e’tiboran to‘lanadi. Bunda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat joriy oy yigirmanchi sanasiga qadar olinganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat joriy oy yigirmanchi sanasidan keyin olinganda esa keyingi oy birinchi sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi.

Kriptoaktivlar aylanmasi sohasida faoliyati to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oy birinchi sanasidan boshlab to‘xtatib turiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kriptoaktivlar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdori belgilanmoqda