Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)

Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Foto: Videodan kadr
Turkiyaning Bayraktar Kizilelma yangi avlod dronining ilk parvozi namoyish qilindi. Bu haqda Baykar kompaniyasi bosh direktori Seljuk Bayraktar xabar berdi.

U o‘zining Twitter'dagi sahifasida «Bayraktar Kizilelma — oz qoldi», deya tvit qoldirdi. Kizilelma — MIUS jangovar uchuvchisiz samolyotlar kompleksi loyihasi doirasida ishlab chiqarilgan dron hisoblanadi. Aviatexnikaning birinchi parvozida unga Ukrainaning AI-322F dvigateli o‘rnatilgan. Dron Turkiyaning TF-6000 dvigateli bilan ham jihozlanishi mumkin.

Turkiyada reaktiv dvigatelli Bayraktar Kizilelma droni 2022 yilning avgust oyida taqdim etilgandi. Uning yaratuvchilari dron uchish-qo‘nish yo‘lagi qisqa bo‘lgan kemalardan ucha olishi, shuningdek, tovushdan tez harakatlanishi mumkinligini ma’lum qilgan. Turkiya prezidenti Bayraktar Kizilelma dronlarini ishlab chiqarish 2023 yil oxirigacha yo‘lga qo‘yilishini aytgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar