LG kompaniyasi bira to‘la to‘rtta: Magna, Spirit, Leon va Joy nomli yangi smartfonfonlarni taqdim etdi. Ular ko‘rsatkichlariga ko‘ra o‘rta va byudjet smartfonlar qatoriga kiradi. Barcha modellar turli davlatlarga LTE yoki 3G variantlarida chiqariladi. LTE versiyasidagi smartfonning orqa qismi metall, 3G versiyasida esa plastik qo‘yiladi. Eng oddiy model hisoblangan Joy’dan tashqari barcha smartfonlar Android 5.0 Lollipop operasion tizimida ishlaydi. Joy smartfoni chiqarilayotgan mamlakatga qarab Lollipop yoki KitKat operasion tizimida sotuvga chiqadi.
LG Magna 5 dyuymli HD displey bilan jihozlangan bo‘lib, unga 1,3 GGs chastotada ishlaydigan 4 yadroli prosessor o‘rnatilgan. Smartfonning asosiy kamerasi 8, old kamerasi esa 5 Mp. Unga 8 GB doimiy hamda 1 GB tezkor xotira o‘rnatilgan bo‘ladi.
LG Spirit smartfoni 4,7 dyuymli HD displey, 8 Mpli asosiy va 1 Mpli old kameraga ega. U 1,3 chastotada ishlaydigan 4 yadroli prosessorga ega.
LG Leon smartfoniga 4,5 dyuymli displey, 1,3 chastotada ishlaydigan 4 yadroli prosessor o‘rnatilgan. Asosiy kamera 8 Mp, old kamera esa 1 Mp. Shuningdek, smartfonga 8 GB doimiy va 1 GB tezkor xotira o‘rnatilgan.
Eng kichik smartfon bo‘lgan LG Joy 4 dyuymli displeyga ega bo‘lib, unga 1,2 chastotada ishlaydigan 4 yadroli prosessor o‘rnatilgan. Asosiy kamerasi 5 Mp, old kamera 1 Mp. Smartfon 8 GBli (4 GB versiyasi ham bor) doimiy va 1 GB (512 MB versiyasi ham bor) tezkor xotiraga o‘rnatilgan.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi