
23 fevral kuni Google’ning Vetnamdagi foydalanuvchilari qidiruv tizimi bosh sahifasi xakerlar tomonidan buzilganini ma’lum qilishgan. Bu haqda Tinhte.vn portali xabar bergan.
Portal bergan xabarga ko‘ra, Google Vietnam’ning bosh sahifasida odatdagi interfeys o‘rnini Lizard Squad xakerlik guruhi tomonidan qo‘yilgan e’lon band qilgan.
E’londa xakerlar xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarga, xususan, guruh faoliyatini o‘rganayotgan mashhur ekspert Brayan Krebsga salom yo‘llashgan. Bundan tashqari, ular o‘zlarining pullik DDoS-servislari va Lizard Squad guruhi uchun ochilgan Twitter-akkauntni reklama qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yil 27 yanvar kuni Facebook tarmog‘idagi nosozliklar uchun javobgarlikni ham Lizard Squad guruhi xakerlari o‘z zimmasiga olishgan edi.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar