Tesla bolalar uchun yangi muvozanat velosipedi taqdim etdi

Tesla bolalar uchun yangi muvozanat velosipedi taqdim etdi

Tesla kompaniyasi kichik yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan Balance Bike for Kids nomli yangi muvozanat velosipedi — begovelni taqdim etdi. Yangi mahsulot allaqachon kompaniyaning Tesla Shop onlayn do‘konida sotuvga chiqarildi. Bu haqda Habr nashri xabar berdi.

Begovel — pedal va zanjirli uzatma tizimiga ega bo‘lmagan velosiped bo‘lib, bola uni oyoqlari bilan yerdan turtib harakatlantiradi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday transport vositasi bolalarda muvozanatni saqlash va harakatni boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirib, keyinchalik oddiy velosipedni osonroq o‘zlashtirishga yordam beradi.

Tesla'ning yangi modeli yengil magniy qotishmasidan tayyorlangan ramka, besh pog‘onada sozlanadigan o‘rindiq, yon qismidagi Tesla yozuvi hamda old tomonida joylashgan mashhur “T” logotipi bilan jihozlangan.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, begovel 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Undan foydalanish uchun bolaning oyoq uzunligi kamida 35 santimetr, vazni esa 35 kilogrammdan oshmasligi tavsiya etiladi. Velosipedni yig‘ish uchun zarur bo‘lgan barcha asboblar ham to‘plam ichiga kiritilgan.

Yangi Balance Bike for Kids modeli 225 AQSH dollari narxda sotuvga chiqarilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar