date

Buxoroda Beeline‘ning oltita yangi eksklyuziv ofislari ochildi

Buxoroda Beeline‘ning oltita yangi eksklyuziv ofislari ochildi

Beeline oltita yangi dilerlik eksklyuziv ofislari ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Yangi ofislar Buxoro shahri va Buxoro viloyatining quyidagi tumanlarida faoliyat ko‘rsatmoqda: G‘ijduvon, Qorako‘l va Shofirkon.

“Yangi salonlarimiz Beeline mijozlariga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatini ta’minlagan holda, har kuni abonentlarni qabul qilmoqda, - deydi Unitel‘ning Janubi-G‘arbiy hududiy filiali direktori G‘ulom Ortiqov. – Eksklyuziv ofislar abonentlarni tarmoqqa ulash, maslahatlashish, to‘lovlarni qabul qilish, tanlangan tarif rejalariga o‘tish va kompaniyada joriy etilgan innovasiyalardan boxabar qilish uchun kerakli barcha sharoitlarga ega. Bularning barchasi Beeline‘ni abonentlar uchun yanada yaqin qiladi”.

Ofislarning ochilish marosimiga ko‘plab kishilar tashrif buyurishdi, va o‘sha erning o‘zida Beeline xizmatining eng oldi standartlariga baho bera oldilar. Birinchi bo‘lib kelgan mehmonlar uchun sovrinli o‘yin va aksiyalarda ishtirok etdilar. Ochilish marosimida filial direktori, kompaniya xodimlari, dilerlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Buxoroda Beeline‘ning oltita yangi eksklyuziv ofislari ochildi