16:28 / 26.02.2015
7 030

Samsung iPhone 6S va LG G4 uchun DDR4 xotira kartalarini etkazib beradi

Samsung iPhone 6S va LG G4 uchun DDR4 xotira kartalarini etkazib beradi

Samsung kompaniyasi LG va Apple bilan LG G4 va Apple iPhone 6S smartfonlari uchun o‘zining DRAM kartalarini etkazib berish bo‘yicha ko‘p millardlik shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda «3DNews.ru».

Aynan qaysi turdagi xotira kartalari etkazib berilishi ma’lum qilinmagan. Biroq G4 va iPhone 6S smartfonlari pozisiyasini inobatga olib, ularga yaqindagina katta miqdorda ishlab chiqarilishi boshlangani e’lon qilingan DDR4 DRAM mikrosxemalari etkazilishini taxmin qilish mumkin.

Kelshuv shartlariga ko‘ra, Samsung LG Electronics kompaniyasining G4 smartfonlari uchun kerak bo‘ladigan DRAM xotiralari bo‘yicha talabini to‘liq qoplaydi. Apple’ga esa iPhone 6S uchun kerak bo‘ladigan kartalarning kamida 50 foizini etkazib beradi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung iPhone 6S va LG G4 uchun DDR4 xotira kartalarini etkazib beradi