Google vakili 2020 yilga kelib internet foydalanuvchilari soni 5 mlrd kishidan oshib ketishini aytdi

2020 yilga kelib dunyo bo‘ylab internet foydalanuvchilari soni 5 milliard kishidan oshib ketadi. Bu haqda Google’ning Rossiyadagi ofisi marketing bo‘yicha direktori Dmitriy Kuznetsov aytib o‘tdi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

«O‘sha davrlarda (90 yillar) biz internet o‘n yoki yuz millionlab odamlarga yetib bordi, deb gapirgan bo‘lsak, bugun internet deyarli hammaga yetib borganini aytmoqdamiz. 2020 yilga kelib, bizning prognozimiz bo‘yicha, dunyoda 5 milliarddan ortiq internet foydalanuvchisi bo‘ladi, ularning ko‘pchiligi internetga smartfon orqali chiqadi», — dedi u Google Think Performance konferensiyasidagi chiqishida.

Kuznetsov dunyoda o‘rtacha har 15 daqiqada 50 ming smartfon sotib olinayotganini qo‘shimcha tarzda aytib o‘tdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar