Canalys tahlilchilari 2023 yilning birinchi choragi uchun eng mashhur smartfon brendlarini ma’lum qilishdi. Statistik ma’lumotlar Canalys rasmiy saytida e’lon qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, Samsung ushbu davrda eng ko‘p smartfon sotgan - uning ulushi jami 22 foizni tashkil qilgan. Ikkinchi o‘rindan Apple (21 foiz), uchinchi o‘rindan Xiaomi (11 foiz) joy oldi. Kuchli beshlikka Oppo (10%) va Vivo (8%) kabilar ham kirgan.
Qolgan barcha brendlar smartfonlarining umumiy ulushi 28 foizni tashkil etdi.
Ayni paytda jahon smartfon bozorida pasayish kuzatilmoqda. Xaridlar o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 12 foizga pasaygan. Buning sabablari global iqtisodiy inqiroz, shuningdek, mijozlar yangi qurilmalarni sotib olishdan ko‘ra, eski smartfonlarni ishlatib turishni ma’qul ko‘rmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?