00:18 / 01.06.2023
81

Insayder iPhone 16 Pro va iPhone 17 o‘zgarishlari haqida ma’lumot berdi

Insayder iPhone 16 Pro va iPhone 17 o‘zgarishlari haqida ma’lumot berdi
Foto: macrumors.com
2024 yilda chiqarilishi rejalashtirilgan iPhone 16 Pro modeli (19,6:9) joriy iPhone 14 Pro modeliga (19,5:9) nisbatan kattaroq ekranga ega bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, ekran biroz cho‘ziladi. Bu haqda taniqli tahlilchi va insayder Ross Yang ma’lum qildi.
 
Manba, shuningdek, iPhone 16‌ Pro va ‌iPhone 16‌ Pro Max ekranining aniq o‘lchamlarini ham taqdim etdi. Unga ko‘ra, diagonallar mos ravishda 6,12 va 6,69 dyuymdan 6,27 va 6,86 dyuymgacha oshadi (har ikki qurilmada ham 2,5 foizga).
 
Yang so‘zlariga ko‘ra, ekranning yangi nisbati va kattalashtirilgan o‘lchami 2025 yilda chiqariladigan iPhone 17 modellariga ham meros bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, seriyaning asosiy modellari 120 Gs o‘zgaruvchan yangilanish tezligi bilan ProMotion'ni qo‘llab-quvvatlovchi LTPO panellarini oladi.
 
Insayder xulosasiga ko‘ra, aynan ‌iPhone‌ 17 Pro birinchi bo‘lib old kamera teshigi yonida joylashgan displey ostida yuzni identifikatsiya qilish texnologiyasidan foydalanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Insayder iPhone 16 Pro va iPhone 17 o‘zgarishlari haqida ma’lumot berdi