Nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi Mercedes-Benz o‘z avtomobillariga ChatGPT chatbotini qo‘shdi. Bu haqda TechRadar xabar bermoqda.
Mashhur AI platformasini avtomobilga joriy etish Mercedes-Benz User Experience (MBUX) multimedia tizimi asosida amalga oshirildi. Foydalanuvchi ChatGPT'ga ovozli buyruq yordamida kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi — servis so‘rovga javobni aytadi yoki matn shaklida ma’lumot beradi.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, avtomobil egasi ma’lum bir nuqtaga marshrut qurish bilan birgalikda chatbotga turli mavzularda savollar berishi mumkin bo‘ladi.
Mercedes-Benz vakillari yangi xizmat Microsoft Azure OpenAI infratuzilmasi negizida paydo bo‘lganini ta’kidladilar.
Texnologiya "yuqori darajasidagi xavfsizlik, maxfiylik va ishonchlilik”ni ta’minlaydi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Microsoft muhandislari foydalanuvchilarning ovozli so‘rovlariga kira olmaydi.
Yangi xizmat AQSHda avtomobil egalari uchun beta-test doirasida ishga tushirildi, dasturda MBUX bilan jihozlangan 900 000 ga yaqin avtomobil ishtirok etadi.
Sentyabr oyida Mercedes-Benz ChatGPT avtomobil egalariga qanchalik to‘g‘ri ma’lumot taqdim etishini o‘rganish uchun sinovni to‘xtatadi va xizmatni o‘chirib qo‘yadi.
Kelajakda chat-botni qo‘llab-quvvatlash dunyoning boshqa mintaqalarida ham paydo bo‘lishi kutilmoqda.