date

O‘zbekistonda Beeline lisenziyasi 2031 yilga qadar uzaytirildi

O‘zbekistonda Beeline lisenziyasi 2031 yilga qadar uzaytirildi

VimpelCom kompaniyasi o‘zining O‘zbekistondagi sho‘’ba kompaniyasi Unitel`ning asosiy lisenziyasi kelgusi 15 yilga uzaytirilganini ma’lum qildi.

Uyali aloqa bo‘yicha loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish va xizmat ko‘rsatish uchun lisenziya muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza 2016 yilning mayida mazkur soha bo‘yicha mutasaddi tashkilotga taqdim etilgan edi. Shuningdek, kelgusida kompaniya telekommunikasion tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ham tasdiqlandi.

Respublikada Beeline brendi ostida faoliyat ko‘rsatib, 9,5 million abonetga ega xalqaro kompaniya o‘z xabarida O‘zbekistonni asosiy bozorlardan biri deb tilga oldi.

2006 yildan buyon VimpelCom O‘zbekistonda 1 milliard dollardan ziyod sarmoya kiritib, 950 million dollardan ko‘proq soliq to‘ladi.

Unitel kompaniyasiga 1996 yilda asos solingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda Beeline lisenziyasi 2031 yilga qadar uzaytirildi