date

Uchala iPhone 7 aks etgan insayderlik fotolari e’lon qilindi

Uchala iPhone 7 aks etgan insayderlik fotolari e’lon qilindi

Insayderlar Weibo tarmog‘ida sentyabrda taqdim etiladigan iPhone 7 yangi fotolarini e’lon qildi. Mazkur suratlar oldinroq chop etilgan Apple’ning yangi smartfonlari «oilaviy portreti»ni tasdiqlaydi, biroq ularning orqa panelida s harfi mavjud emas. Bu haqda «Hi-Tech Mail.ru»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.

iPhone 7 4,7 dyuymli ekranga ega bo‘lishi ehtimolga yaqin, qolgan ikki modelda ekran yirikroq — 5,5 dyuymli. Ikki kamera bilan faqat iPhone 7 Pro jihozlanadi, standart va Plus versiyalari esa yiriklashtirilgan o‘lchamdagi bittadan kameraga ega bo‘ladi.

Smartfonlarda quloqchinlar uchun 3,5 millimetrli bo‘linma ko‘zda tutilmagan, uning o‘rnini ikkinchi dinamik egallaydi. iPhone 7 Pro Smart Connector universal bo‘linmasi bilan jihozlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Uchala iPhone 7 aks etgan insayderlik fotolari e’lon qilindi