Beeline‘dan Unlim kengaymoqda: cheklovsiz simli Internet endi Zarafshon va Uchquduq shaharlarida

Beeline simli Internet abonentlari uchun Unlim tarif rejalarining xizmat ko‘rsatish doirasi kengaygani haqida e’lon qiladi. Endilikda Zarafshon va Uchquduq shaharlaridagi Beeline‘ning FTTB va ADSL abonentlari Internetdan hech qanday cheklovlarsiz foydalana oladilar.
“Unlim 1” (oyiga $10), “Unlim 2” (oyiga $15), “Unlim 3” (oyiga $25), “Unlim 4” (oyiga $35) va “Unlim 5” (oyiga $50) tarif rejalari shartlariga ko‘ra, abonent 3 000dan 30 000 Mb‘gacha bo‘lgan trafik hajmiga ega bo‘ladi, u tugagandan so‘ng esa cheklovsiz uy Internetidan tanlangan tarifdan kelib chiqgan holda, soniyasiga 64-256 Kbit‘gacha foydalanishi mumkin.
Beeline‘ning simli Internetini yoqtirish mumkin bo‘lgan hududlar bilan korporativ saytda batafsil tanishish mumkin. FTTB texnologiyasi bo‘yicha: https://fixed.beeline.uz/ru/tashkent/zone/fttb/index.wbp va ADSL texnologiyasi bo‘yicha: https://fixed.beeline.uz/ru/main/zone/adslzone.wbp “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing