15:00 / 04.03.2015
7 984

Sony kompaniyasi mobil biznesni davom ettirishini rasman ma’lum qildi

Sony kompaniyasi mobil biznesni davom ettirishini rasman ma’lum qildi

Apple va Samsung kabi yirik kompaniyalar bilan raqobatlasha olmayotgan Sony kompaniyasi fevral oyida mobil biznesni sotishi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Mobile Communications’ni sotib olishga ko‘plab kompaniyalar da’vogarlik qilayotgan va ular orasida Xitoyning yirik kompaniyasi Lenovo ham bor edi. Biroq bir necha kun oldi Sony kompaniyasining mobil bo‘limi rahbari Xiroki Totoki Fransiyaning “Le Figaro” jurnaliga bergan intervyusida kompaniya mobil biznesini sotmasligi haqida ma’lum qildi.

Totokining so‘zlariga qaraganda, Sony kompaniyasi endi o‘z strategiyasini o‘zgartirib, foydalanuvchining talabiga moslashadi: hozirda foydalanuvchilar o‘z smartfonlarini tez-tez almashtirishmayapti. Shu sababli Xperia smartfonlarining yangi modeli katta tanaffus bilan chiqariladi.

Ma’lumot uchun, Z3 modeli o‘zidan avvalgi smartfon taqdimotidan yarim yil o‘tib sotuvga chiqqan edi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sony kompaniyasi mobil biznesni davom ettirishini rasman ma’lum qildi