12:50 / 17.01.2024
80

O‘zbekistonlik talabalar xalqaro “Silver Award” mukofotini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik talabalar xalqaro “Silver Award” mukofotini qo‘lga kiritdi

2024 yil 11 yanvar Dubayda “Huawei Seeds for the Future 2023” ta’lim dasturi doirasida “Tech4Good” global tanlovi o‘tkazildi. Tanlov Jazoir, Singapur, Italiya, Chili, BAA, Kolumbiya, Germaniya, O‘zbekiston, Braziliya va Namibiyadan talabalar jamoasi ishtirokida o‘tgan. Unda o‘zbekistonlik 8 nafar talabadan iborat “Techno Mind” jamoasi “Aquatibia” loyihasi bilan ishtirok etib, 2-o‘rinni egallashdi va “Silver Award” mukofotini qo‘lga kiritdi.

Jamoa “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Amiti universiteti va Kimyo xalqaro universiteti talabalaridan tuzilgan.

“Aquatibia” loyihasi qishloq xo‘jaligi uchun raqamli yechimlardan foydalangan holda suv va tuproqdagi tuz va og‘ir metallarni kamaytirish uchun lignin asosidagi innovatsion filtrga ega bo‘lgan integratsiyalashgan suv filtrlash tizimidir.

Bu tizimni ishlab chiqish va joriy etish chiqindilarning minimal darajasiga erishish, ocharchilikni bartaraf etish (BRM2) va toza suv hamda sanitariya (BRM6) kabi muhim barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) qaratilgan. Loyihani amalga oshirish atrof-muhitga, qishloq xo‘jaligiga, tuproq sifatiga va hududlarda turmush sharoitini yaxshilashga katta ta’sir ko‘rsatadi. Va bir vaqtning o‘zida ikkita asosiy muammoni: biologik chiqindilarni qayta ishlatish, sug‘orish suvlarini tuzlar va og‘ir metallardan filtrlash ishlarini hal etishi mumkin.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonlik talabalar xalqaro “Silver Award” mukofotini qo‘lga kiritdi