16:20 / 18.05.2024
67

Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi
Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati yanada kengaytirildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.

Prezident farmoniga muvofiq, Adliya vazirligi tomonidan Personallashtirish agentligining ma’lumotlar bazasida jismoniy shaxsni uning yuz qiyofasidan (Face ID) identifikatsiya qilish tizimi joriy etildi.

Endilikda, jismoniy shaxslarni masofadan turib Face ID yordamida identifikatsiya qilish orqali onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati yanada kengaydi.

Xususan, notarial harakatlarni onlayn shaklda amalga oshirish, elektron raqamli imzo kalitlarini taqdim etish kabi ahamiyati yuqori bo‘lgan xizmatlarda foydalanib kelinmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan boshqa turdagi davlat xizmatlari va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda ham mazkur texnologiyadan bosqichma-bosqich foydalanish, shuningdek barcha vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga bepul asosda integratsiya qilish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi