Saraton xastaligiga endi sun’iy intellekt yordamida tashxis qo‘yish yo‘li topildi. Saraton xastaligi ko‘pincha kech bosqichda aniqlanadi.
Xavfli o‘smalar deyarli butun tanani egallab, metastazlar ichki organlar bo‘ylab tarqalganda esa bemorni davolash jarayoni yanada murakkablashishi, tabiiy.
Shu sababli hozir dunyo olimlari bu muammo yechimini topish uchun izlanishda. Tadqiqotlar davomida, avvalo, saraton tashxisi samaradorligini oshirish ustida ish olib borilyapti.
Shvetsiyaning Gyotenborg universiteti olimlari bu ezgu maqsad sari ancha yaqinlashdi. Mazkur jarayonda mass-spektrometriya usulidan foydalanish ijobiy natija berishi ma’lum bo‘ldi.
Mutaxassislar izohiga ko‘ra, bu usul glikanlar deb ataladigan hujayralardagi shakar molekulalarining murakkab tuzilmalarini tahlil qilish orqali kasallikni aniqlash imkonini beradi.
Biroq ushbu jarayonda olingan ma’lumotlarni uzoq vaqt va ehtiyotkorlik bilan o‘rganish talab etiladi. Bu esa qator muammo va qiyinchiliklarga sabab bo‘lib kelayotgandi.
Shved olimlari masala yechimiga innovatsion yondashuv zarurligini anglab yetdi. Shu tariqa tibbiy ma’lumotlar tahlilini o‘zlari yaratgan sun’iy intellekt, ya’ni Candycrunch deb nomlangan dasturga ishonib topshirishni taklif qildi.
Mazkur ishlanma orqali 90 foiz aniqlikka erishish mumkinligi aytilmoqda. Buning uchun sun’iy intellekt shakar molekulalarining parchalanishi va tuzilishiga doir 500 mingdan ortiq namunalarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi asosida o‘rgatildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi