Foto: Getty Images
Ilon Mask egalik qiladigan Tesla kompaniyasi 2025 yildan boshlab odamsimon robotlardan foydalanadi va ularni 2026 yilgacha ommaviy ishlab chiqarishga kirishadi. Bu haqda milliarderning o‘zi ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasida xabar berdi.
«Kelgusi yilda Tesla chindan ham foydali odamsimon robotlarga ega bo‘ladi», deb yozdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab bunday robotlar kam bo‘ladi, chunki ular Tesla tomonidan ichki foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ular 2026 yilgacha boshqa kompaniyalar foydalanishi uchun ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Aprel oyida Reuters agentligi Ilon Maskning Tesla kompaniyasi o‘zini o‘zi boshqaradigan robotaksini ishlab chiqishni rejalashtirayotganini bilib olgan edi. Avvalroq agentlik manbalari kompaniya yangi ommaviy ishlab chiqarilgan elektromobil — Redwood ixcham krossoverini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi. Biroq, keyin Tesla robotaksi foydasiga bu rejalaridan voz kechdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi