Foto: Reuters
Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer video platformaga aylanishi uchun “birinchi qadam qo‘yilgani”ni aytdi. U messenjerda videoni ko‘rish endi ancha qulay bo‘lishini bildirdi.
Durovning eslatishicha, shu paytgacha Telegram'dagi turli chat va kanallarda videolavhalar qanday formatda yuklangan bo‘lsa, xuddi shu ko‘rinishda namoyish etilardi. Natijada foydalanuvchilar gigabaytlab ma’lumotlarni yuklab olishga va videolavhaning to‘liq yuklanishini kutishga majbur bo‘lardi. Messenjer asoschisi hatto qisqa videolarni ko‘rishda ham muammolar yuzaga kelganini ta’kidladi.
“Bugungi yangilanish bilan Telegram serverlari ommabop videolarni bir nechta sifat variantlariga qisqartiradi va ularni oqimli uzatish uchun optimallashtiradi”, dedi Pavel Durov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur yangilik tufayli messenjer internet tezligiga qarab avtomatik ravishda videoni yuklashga mos keladigan sifatni tanlaydi.
8 oktyabr kuni Durov Telegram'da yangi funksiyalar paydo bo‘lishini e’lon qildi. Jumladan, postlarni tahrirlash vaqtini ko‘rish va zarur hollarda dastlabki xabar yuborilgandan so‘ng mediafayllarni biriktirish imkoniyati haqida gap bormoqda. Oktyabr oyining o‘rtalarida Durov telefon raqamlarini tekshirish imkonini beradigan Gateway xizmatini ishga tushirganini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi