
2016 yil, 2 oktyabr kuni Sankt-Peterburgdagi media-do‘konlarning biriga tashrif buyurgan 42 yoshli erkak, sotuvchidan xarid oldidan iPhone 6S smartfonini tekshirib ko‘rmoqchiligini aytadi. Rastada ochilgan iPhone 6S bo‘lmagani uchun, sotuvchi qutidagi yangi smartfonni olishga majbur bo‘ladi. Bu haqda "Terabayt.uz" nashri yozmoqda.
Firibgar smartfon va aksessuarlarni ko‘zdan kechirayotgan vaqtda, sotuvchi boshqa ishlar chalg‘ib qoladi. Vaziyatdan foydalangan erkak iPhone 6S qutisini boshqasiga almashtiradi va pasporti avtomobilda qolganini bahona qilib, juftakni rostlaydi. Sotuvchi qutini ochib, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, unda iPhone 6S emas, sovun joylashtirilgan bo‘lib chiqadi. Bu paytda esa firibgar “olma”ni sotish uchun shaharning boshqa qismida joylashgan bozorga yo‘l olgan edi.
Tez orada firibgar qo‘lga olinadi. Unga qarshi hozirda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar