20:00 / 20.01.2025
53

Britaniyada kayfiyatni yaxshilashga yordam beradigan miya implantati yaratildi

Britaniyada kayfiyatni yaxshilashga yordam beradigan miya implantati yaratildi
Foto: Zuma Press Inc./Alamy
Buyuk Britaniyada bemorlar kayfiyatini yaxshilashga moʻljallangan miya implantati yaratildi. Bu haqda milliy sogʻliqni saqlash xizmatiga tayanib, The Guardian xabar berdi.

«Qurilma depressiya, giyohvandlik, obsessiv-kompulsiv buzilishlar va epilepsiyadan aziyat chekadigan bemorlarga yordam berishi mumkin», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bosh suyagi ostiga oʻrnatiladigan qurilma «neyronlar klasterini «yoqish» uchun maqsadli ultratovush impulslarini» uzatadi.

Implantatning xavfsizligi 6,5 million funt sterling turadigan tadqiqot davomida 30 nafar bemorda sinovdan oʻtkaziladi. Sinovlarni Buyuk Britaniya Ilgʻor tadqiqotlar va ixtirolar agentligi moliyalashtiradi.

2024 yil avgustda amerikalik milliarder Ilon Mask Neuralink miya implantlari 10 yildan keyin millionlab insonlarga oʻrnatilishini ma'lum qilgandi. Neuralink bu — inson miyasiga kompyuter yoki smartfon bilan bevosita aloqani ta'minlash uchun oʻrnatiladigan chip.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno