00:43 / 29.10.2016
12 254

UMS ikkita hududiy tarif va aksiyani ishga tushirdi

UMS ikkita hududiy tarif va aksiyani ishga tushirdi

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori «Besh» va «Baraka» hududiy tariflarini hamda “Hisob to‘ldirilganlik uchun bonus” aksiyasini ishga tushirdi.

UMS kompaniyasi o‘z abonentlari uchun afzal bo‘lgan, turli xil mijozlarning xohish va takliflarini o‘z ichiga olgan tarif rejalarini shakllantirishga intilmoqda. Hozirgi kunda operator tomonidan bir qator tarif rejalari amalga kiritilgan. Ular turli xil abonentlar guruhlari ehtiyojlariga mosdir va har bir mijoz o‘zi uchun ma’qul keladiganini tanlab olishi mumkin. Yangi tariflar ushbu yo‘nalishdagi ishlarning yorqin davomi bo‘ldi.

«Besh» tarif rejasi Buxoro, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlaridagi UMSning yangi va amaldagi abonentlariga mo‘ljallangan. U hammabop bo‘lgan tariflar qatoridan joy olgan oldi va kunlik $0,05 abonent to‘lovi evaziga taqdim etiladi. Foydalanuvchi uchun tarifning qulayligi shundaki, u o‘z harajatlarini – qanchalik ko‘p va uzoq gaplashishdan tortib Internet yoki SMS-to‘plamlarni harid qilishgacha – o‘zi boshqaradi. Tarifning yana bir ustunlik tarafi – uzatilgan va qabul qilingan ma’lumotning 1 megabayti $0,05ga tengligidadir.

UMSning «Baraka» tarif rejasi ko‘proq hudularni – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona vodiysi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatini qamrab oldi. Kunlik $0,20 abonent to‘lovi evaziga abonentga har kuni O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun 20 daqiqa va 20 SMS taqdim etiladi. U balansini har safar $2 va undan ko‘proqqa to‘ldirganida bonus sifatida 20 megabayt beriladi. Ushbu tarif rejasida ham 1 megabayt uzatilagan va qabul qilingan ma’lumot narxi $0,05ni tashkil etadi. Tarifning ustunligini ta’minlovchi yana bir omil – tarmoq ichida mutlaqo bepul suhbatlashish uchun «Super 0» xizmatini yoqish imkoniyatidir, ushbu tarifda xizmat narxi har oyda $1ga teng bo‘ladi.

UMS mobil operatori amaldagi «Start» tarifida bo‘lgan o‘z abonentlari haqida ham unutgani yo‘q, ular uchun «Hisob to‘ldirilganlik uchun bonus» aksiyasi ish boshladi. Aksiya kompaniyaning Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi mijozlari uchun amal qiladi. Uning doirasida hisobini $3 va undan ko‘proqqa to‘ldirgan «Start» tarifi abonentlari tarmoq ichida suhbatlashish uchun 100 daqiqaga ega bo‘lishadi. Shunday qilib, kunlik $0,10 abonent to‘loviga ega va 100 megabayt taqdim etadigan tarif uchun hisob to‘ldirilganlik uchun bonus munosib qo‘shimcha bo‘ldi.

– Biz doimiy tarzda mobil aloqa bozorini monitoring va tahlil qilamiz, bu esa abonentlarimizning ehtiyoj va takliflarini o‘rganib chiqish asosida samarali marketing tadbirlarini amalga oshirishga yordam beradi. «Besh» va «Baraka» tariflari UMSning segmentlangan mahsulotlarni ishlab chaqarish bo‘yicha marketing strategiyasi doirasida yo‘lga qo‘yildi. Ular maksimal tarzda oddiy va shaffof bo‘lib, hududlarda o‘z ixlosmandalarini topishiga ishonamiz. «Hisob to‘ldirilganlik uchun bonus» aksiyasi ham dolzarb bo‘lib, «Start» tarifi foydalanuvchilarini tovushli suhbatga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplaydi, – deya ta’kidladi «UMS» MChJ tijorat direktori Sayyodjon Matkarimov.

«Besh» va «Baraka» tarif rejalari, shuningdek «Hisob to‘ldirilganlik uchun bonus» aksiyasi haqidagi batafsil ma’lumot bilan www.ums.uz saytida tanishib chiqish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » UMS ikkita hududiy tarif va aksiyani ishga tushirdi