13:30 / 01.11.2016
8 367

Rossiyada tayyor referat va kurs ishlari olinadigan sayt bloklab qo‘yildi

Rossiyada tayyor referat va kurs ishlari olinadigan sayt bloklab qo‘yildi

Rossiyaning aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikasiya sohasini nazorat qilish federal xizmati “qaroqchi” kontent bilan jiddiy kurashishni maqsad qilgan ko‘rinadi. Yaqinda federal xizmat o‘quvchi va talabalar turli fanlar bo‘yicha tayyor yozma ishlarni ko‘chirib oladigan refoteka.ru saytini bloklab qo‘ydi. Terabayt.uz saytining ma’ulm qilishicha, Stavropol tuman sudi saytni mualliflik huquqlari tartibini buzganligi uchun bloklash borasida qaror chiqargan.

Saytdagi ko‘plab tayyor referat va kurs ishlari uchinchi taraf mualliflariga tegishli bo‘lgan. Saytning faoliyati yuzasidan 2015 yilning iyul oyida rasmiy shikoyat berilgan. Oradan bir yil o‘tib mazkur ish bo‘yicha qaror ijro etilib, refoteka.ru sayti aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikasiya sohasini nazorat qilish federal xizmati tomonidan bloklab qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyada tayyor referat va kurs ishlari olinadigan sayt bloklab qo‘yildi