22:22 / 06.02.2025
75

Marvel’s Spider-Man 2 kompyuter versiyasi yangilandi

Marvel’s Spider-Man 2 kompyuter versiyasi yangilandi
Nixxes Software Marvel’s Spider-Man 2 oʻyinining kompyuter versiyasidagi xatolarni tuzatishga qaratilgan yangi v1.205.0.0 yangilanishini chiqardi.

Asosiy oʻzgarishlar:
* Kinematik animatsiyalar va komiks uslubidagi ovoz effektlari uchun yangi sozlamalar qoʻshildi;
* "Yangi oʻyin +" rejimi ishga tushirishdagi muammolar bartaraf etildi;
* DLSS va ray tracing bilan bogʻliq vizual xatolar tuzatildi;
* Avto-saqlash uchun zaxira nusxalar yaratish tizimi qoʻshildi;
* Interfeys yaxshilandi va sochlarning "shovqin" effekti kamaytirildi;
* Saqlash menyusida sichqoncha bilan skrol qilish imkoniyati qoʻshildi;
* Oʻyinchilarning maxsus funktsiyalarini turli qurilmalarda sinxronlashtirish olib tashlandi.

Bundan tashqari, Sony’s Crash Reporting System tizimi yangilandi, endi foydalanuvchilar xatolik hisobotlariga skrinshotlar qoʻshishlari mumkin.

Shuningdek, oʻyinning kompyuter versiyasi uchun bir nechta modifikatsiyalar chiqdi, jumladan, Mary Jane va Piter Parker uchun yaxshilangan yuzlar hamda Venom sifatida oʻynash imkoniyati.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno