16:34 / 08.02.2025
31

Copilot+PC noutbuklariga talab pastligicha qolmoqda

Copilot+PC noutbuklariga talab pastligicha qolmoqda
Evropa bozorida Snapdragon X Elite protsessori asosida ishlab chiqarilgan noutbuklarga talab pastligicha qolmoqda. Context tahlil agentligining ma'lumotlariga koʻra, 2024-yilning toʻrtinchi choragida sotilgan noutbuklarning atigi 5 foizi Copilot+PC brendiga tegishli boʻlgan.

Shuningdek, sun'iy intellektga ega noutbuklarga boʻlgan umumiy talab ortib bormoqda – Evropada sotilgan har ikkinchi noutbukda ichki NPU mavjud. Ammo aynan Copilot+PC brendiga qiziqish pastligicha qolmoqda.

Microsoft va Qualcomm ushbu noutbuklarni MacBook M3 bilan taqqoslab, yuqori unumdorlik va uzoq ishlash muddatini va'da qilgan boʻlsa ham, mahsulot foydalanuvchilarning e'tiborini qozona olmadi.

Bunga uch asosiy sabab koʻrsatilmoqda:
1) Copilot brendiga ishonchsizlik
2) Ishlash unumdorligidagi muammolar
3) Yuqori narx

Microsoft hozirda ushbu noutbuklarni korporativ mijozlarga sotish uchun distribyutorlar bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Ammo korporativ sektor ham ushbu yangilikka katta qiziqish bildirayotgani yoʻq.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno