![Entuziast Intel Core i9-14900K va RTX 5090’ni konditsioner bilan sovutdi](/uploads/posts/2025-02/ba12ecfba0_pc-rtx.webp)
Xitoylik texnobloger Electrolytic Sodium Carbonate (ESC) oʻzining noodatiy sovutish tizimini ishlab chiqdi. U shaxsiy kompyuterini Xiaomi KFR-35GW konditsioneriga (12 000 BTU) ulab, rekord darajadagi past haroratlarni qayd etdi.
Test uchun Intel Core i9-13900K va Nvidia GeForce RTX 4090’dan iborat tizim ishlatildi. Ammo blogerning fikricha, bu sovutish usuli Intel Core i9-14900K va Nvidia RTX 5090 kabi yanada kuchli qurilmalar uchun ham mukammal boʻladi. U hozirda yangi RTX 5090 uchun mos keladigan suv bloki chiqishini kutmoqda.
Bunday sovutish tizimini yaratish uchun konditsioner sezilarli darajada modifikatsiya qilindi. Qurilmaning oʻlchami 765 × 268 × 550 mm boʻlib, samaradorligi yuqori ekanligi isbotlandi. FurMark va AIDA System Stability Test kabi stress-testlar yordamida 40 daqiqalik yuklamadan soʻng, protsessor yadrolari dastlabki haroratidan atigi bir necha daraja issiqroq boʻldi.
![](/uploads/posts/2025-02/84041e9cf9_https3a2f2fwww_ixbt_com2fimg2fn12fnews2f20252f12f12fkcqmp27euqnjpgtadmwxm-650-80_jpg.webp)
Keyinchalik konditsioner tashqariga olib chiqildi. GPU harorati dastlab atigi 2 °C boʻldi, yuklama paytida esa 12 °C gacha koʻtarildi. Qayta oʻtkazilgan testlarda esa maksimal harorat 20–36 °C oraligʻida boʻldi.
Loyihani ishlab chiqqan bloger bu sovutish tizimi kelajakdagi Nvidia RTX 6090 uchun ham mos kelishini ta'kidlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar