Sukerberg Limada OTIH sammitida ishtirok etadi

Sukerberg Limada OTIH sammitida ishtirok etadi
Sukerberg Limada OTIH sammitida ishtirok etadi

Facebook asoschisi Mark Sukerberg Peru poytaxti Limaga Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida ishtirok etish uchun yo‘l oldi. Bu haqda "Kun.uz" yozmoqda.

"Limaga OTIH sammitida 20 dan ortiq davlat prezidenti va bosh vazirlari bilan dunyoni qanday birlashtirishni muhokama qilgani yo‘l olmoqdaman. Men ertaga sharqiy vaqt bilan soat 09:00da (Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da – tahr.) muhim tezislar bilan nutq so‘zlayman. U yerda ijtimoiy tarmog‘imizdagi odamlar bilan uchrashishni kutmoqdaman", deb yozgan Sukerberg.

OTIH mintaqadagi savdo va iqtisodiy rivojlanish sohasidagi hamkorlik maqsadida 21 ta yetakchi davlatni birlashtiruvchi xalqaro forum bo‘lib, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida erkin va ochiq savdo tizimi hamda erkin investitsion rejimni yaratish uning 2020 yilgacha bo‘lgan asosiy vazifasi etib belgilangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar