
Apple kompaniyasi simsiz routerlar ishlab chiqaruvchi bo‘limini yopdi. Bunga kompaniyaning o‘ziga maksimal foyda keltiradigan mahsulotlar ishlab chiqarishga e’tibor qaratishni rejalashtirgani sabab bo‘lgan, deb yozmoqda Kun.uz.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, Apple so‘nggi yillarda asta-sekinlik bilan simsiz routerlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi xodimlarni boshqa bo‘limlarga o‘tkazib borgan.
Kompaniya o‘z routerlarini 2013 yildan beri yangilamagan. Hozirda Apple shu kabi qurilmalarning 3 turdagi modeli – AirPort Express, AirPort Extreme va AirPort Time’ni sotishni davom etmoqda.
Avvalroq kompaniya monitorlar ishlab chiqarishni to‘xtatib, LG bilan hamkorlik haqida e’lon qilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar