23:16 / 21.11.2016
7 442

Instagram'ning yangi versiyada Facebook'dagi imkoniyat paydo bo‘ldi

Instagram'ning yangi versiyada Facebook'dagi imkoniyat paydo bo‘ldi

Instagram’da jonli videotranslyasiyalar qilish imkoni paydo bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Translyasiyalar Instagram Stories bo‘limida chop etiladi. Video tagida so‘nggi izoh va “Like”lar, yuqori qismida esa tomoshabinlar soni ko‘rsatiladi.

Translyasiya boshlanishidan avval o‘quvchilar bu haqda xabar olishadi. Translyasiya yakunlangach, u 1 kun davomida o‘chib ketadi. Uni odatiy surat va videolar kabi saqlab qolib bo‘lmaydi.

Hozirda funksiya barcha foydalanuvchilar uchun mavjud emas. Kompaniya asta-sekinlik bilan qolgan foydalanuvchilar ham ushbu imkoniyatdan foydalanishi mumkin bo‘lishini ma’lum qilgan.

Ilovaning yangi versiyada translyasiyadan tashqari, o‘z-o‘zidan o‘chib ketadigan surat va videolar yuborish imkoni paydo bo‘lgan. U ham Instagram Stories’ga o‘xshaydi, biroq uni faqatgina shaxsiy xabarda yuborish mumkin va u bir nechta foydalanuvchiga yuborilishi mumkin, xolos.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram'ning yangi versiyada Facebook'dagi imkoniyat paydo bo‘ldi