date
views 53

MSI yangi 500 Gtslik monitorini e’lon qildi

MSI yangi 500 Gtslik monitorini e’lon qildi
MSI dunyodagi ilk 500 Gts yangilanish chastotasiga ega QD-OLED monitor — MAG 272QP QD-OLED X50 modelini taqdim qildi, deb Pepelac.news xabar berdi.

Ushbu premium toifadagi yangi monitor 26,5 dyuymli ekran, 2560x1440 piksel aniqlik va 0,03 millisoniya javob vaqti bilan jihozlangan. Monitor DisplayHDR TrueBlack 500 sertifikatiga ega bo‘lib, kiberport va talabchan o‘yinchilar uchun yuqori tasvir aniqligini ta’minlaydi.

Hozirda bu bozordagi eng tezkor QD-OLED displey hisoblanadi. Uning 500 Gts yangilanish chastotasi o‘yin monitorlari sanoatida yangi mezon o‘rnatmoqda. Kvant nuqtali texnologiya tufayli monitor chuqur qora ranglar, yuqori kontrast va boy rang palitrasini saqlagan holda ajoyib tezlik va silliqlik beradi.

MAG 272QP QD-OLED X50 16 maydan sotuvga chiqadi. Xitoy bozorida tavsiya etilgan narxi taxminan 5 999 yuan yoki 67 000 rubl (taxminan 91 million so‘m) ni tashkil etadi. Bu uskuna entuziastlar va professional geymerlar uchun yuqori texnik imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan mukammal tanlov bo‘lishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » MSI yangi 500 Gtslik monitorini e’lon qildi