
OpenAI kompaniyasi dizayner Johnny Ive tomonidan tashkil etilgan io startapini $6,5 milliard evaziga sotib oldi, deb xabar bermoqda Habr. Bu xarid orqali kompaniya sun’iy intellekt asosidagi yangi qurilmalar yaratishga kirishmoqda.
2023 yilda Ive va OpenAI bosh direktori Sam Altman o‘zaro uchrashib, “AI davri qurilmasi” g‘oyasini muhokama qilgan edi, lekin o‘sha vaqtda bu tashabbus amaliy harakatlarga o‘tmagan. Endilikda esa rasmiy kelishuv imzolandi.
Bitim summasining $5 milliard qismi OpenAI aksiyalarida to‘lanadi. Xarid yozda yakunlanadi. Taxminlarga ko‘ra, io kompaniyasi ChatGPT bazasida foydalanuvchilar uchun yordamchi qurilma ustida ishlamoqda. Altmanning aytishicha, bu qurilma na smartfon, na noutbuk bo‘ladi. “Bu butunlay yangi turdagi narsa”, — deya ta’kidladi u. Qurilmaning taqdimoti 2026-yilga mo‘ljallangan.
Io jamoasidagi 55 nafar muhandis OpenAI tarkibiga o‘tadi. Johnny Ive OpenAI’da ishlamaydi, uning dizayn studiyasi LoveFrom esa mustaqil faoliyatini davom ettiradi. Shu bilan birga, LoveFrom OpenAI qurilmalaridan tashqari ChatGPT dasturiy interfeyslari uchun ham dizayn yaratadi.
Johnny Ive 1992–2019 yillarda Apple’da ishlagan va iMac, iPod, iPhone, iPad kabi mashhur mahsulotlarni ishlab chiqqan. 2013 yilda u iOS 7 operatsion tizimi uchun yangi interfeys, so‘ngra esa macOS uchun ham yangi dizayn taqdim qilgan.
Apple’dan ketgach, Ive LoveFrom studiyasiga asos solgan. Uning mijozlari orasida Apple, Airbnb va Ferrari bor. 2023 yilda LoveFrom britaniyalik Linn kompaniyasi uchun LP12 vinil pleerini yangilagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar