Nothing Phone (3) rasman taqdim etildi

Nothing Phone (3) nihoyat taqdim etildi, deb Rozetked xabar berdi. Smartfon dizayni avvalgi ma’lumotlarga to‘liq mos keladi.
Mashhur Glyph yoritgichi o‘rniga bu safar OLED ekran o‘rnatilgan bo‘lib, u vaqt, taymer va boshqa o‘nlab tizimiy bildirishnomalarni aks ettira oladi.
Smartfon quyidagi texnik xususiyatlarga ega:
• Snapdragon 8s Gen 4 protsessori asosida ishlaydi
• 50 MP’lik uch kamera (trio) bilan jihozlangan
• IP68 chang va namlikka chidamli
• E-SIM va Bluetooth 6.0 qo‘llab-quvvatlanadi
• Android 20 yangilanishi rejalashtirilgan
Bazaviy versiyasi (12/256 GB) narxi 799 funt sterling (~86 100 rubl yoki taxminan 13,5 million so‘m) deb belgilangan. Oldindan buyurtmalar 4-iyulda ochiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing