VAIO korxonasi endi planshet ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

VAIO Corporation korxonasi o‘tgan yili Sony kompyuter biznesi bazasida bir qator noutbuklar va VAIO Phone aqlli telefonlarini chiqarishga muvaffaq bo‘lgandi. Kompaniya endi planshet ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yish niyatida, yozadi 3dnews.ru sayti DigiTimes nashri manbalariga asoslanib.
Manbada yozilishicha, planshetlar VAIO nomi ostida chiqariladi. Hozircha qurilmalarning imkoniyatlari borasida hech qanday ma’lumotlar ma’lum qilinmagan. Ammo bozor vakillari tomonidan ushbu planshet haqida muhokamalar almashish imkoniyati mavjud.
Korxona vakillari VAIO Phone telefonlarining Sony Xperiaga munosib raqobat qila olishiga ishonch bildirishmoqda. Ishlab chiqaruvchilar 2014 yilning aprelidan hozirgi kunga qadar 41 mln dona shunday smartfonlarni tayyorlashgan.
VAIO Phone smartfonlari joriy yilning 20 martidan sotuvga chiqariladi. Ushbu telefonlarning birinchi xaridorlari yaponiyaliklar bo‘lishadi. Ular bu turdagi aqlli telefonlarni 410 dollardan sotib olishlari mumkin.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing