
Tez orada Moskva shahrida “Oyoqlarni issiq saqlang” nomli loyiha ishga tushiriladi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti. Loyiha doirasida valenka ko‘rinishidagi maxsus art-ob’ektlar shahar parklari va ko‘chalariga o‘rnatiladi. Bunday valenkalarning birinchi jufti “Sokolniki” parkiga joylanishi ma’lum qilingan.
Valenka balandligi 40 sm bo‘lgan plastik karkasdan tashkil topgan. Tabiiyroq ko‘rinishi uchun unga qor zarralari shaklida bezak berilgan. Valenkalar ichiga parkning elektr tarmog‘iga ulangan qizitish elekmentlari joylashtiriladi. Erigan suv uchun valenka ostida maxsus rezervuar ko‘zda tutilgan. Shu bois oyoq kiyimni echmay turib, valenkada isinib olish mumkin bo‘ladi.
Ushbu innovasion valenkalar parkda mart oyining oxirigacha ishlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar