19:10 / 13.12.2016
5 427

Argentinada bir oilaning yoqimtoyi bo‘lgan it klonlandi

Argentinada bir oilaning yoqimtoyi bo‘lgan it klonlandi

Argentinada istiqomat qiluvchi bir oila vakillari marhum itining genetik nusxasini olish uchun klonlashtirish texnologiyasidan foydalandi. Bu haqda «Daryo» sayti yozmoqda.

Itni klonlashga 60 ming dollardan 100 ming dollargacha mablag‘ ketgani aytilmoqda. Entoni laqabli it 17 yoshligida keksalikdan olamdan o‘tgan edi. Mutaxassislar itning epiteliy to‘qimalaridan namuna olib, Buenos-Ayresda hujayralarni ko‘paytirdi, so‘ng Janubiy Koreyadagi ixtisoslashtirilgan laboratoriya klonlash uchun eng mos keladigan hujayrani tanlab oldi.

Gen materiali tuxum hujayra yadrosiga joylanib, bachadonga ko‘chirildi.

Kuchukcha 13 iyul kuni dunyoga keldi, ammo jarayon muvaffaqiyatli kechgani 12 dekabr kuni oshkor etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Argentinada bir oilaning yoqimtoyi bo‘lgan it klonlandi