
Dunyoning yirik internet-reteyleri “Amazon” o‘zbek bozoriga kirib kelishi mumkinligi haqida Sof.uz sayti yozmoqda.
Bugun, ya’ni 6 dekabr kuni sayt ma’muriyati UZ domen nomini qayddan o‘tkazdi. Xabarlarga ko‘ra yangi domen egasi Amazon Technologies Inc. bo‘linmasidir.
O‘zbekiston bozorida internet-gigant qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi aniq emas. Ammo yangi domen nomi qayd qilinishi AQShda “Amazon”ning birinchi oflayn-magazini anons qilinishi bilan bog‘liqligini taxmin etish mumkin.
Oflayn-magazinda sotuvchi, kassa va navbat kutish bo‘lmaydi. Amazon Goda xarid qilish uchun smartfon va elektron ilova bo‘lishi kifoya. Xaridor magazinga kirishda shaxsiy QR-kodini faollashtiradi va mijoz qaysi mahsulotlarni peshtaxtadan olayotganini dastur datchiklari yordamida avtomatik tarzda kuzatadi. Xarid tugagach, magazindan chiqib ketaverasiz, tegishli pul mablag‘i esa Amazon hisob yozuviga bog‘langan kartangizdan echiladi.
Ammo “Amazon” boshqa mamlakatlarda, xususan, O‘zbekistonda oflayn savdo tarmog‘ini rivojlantirish rejasini ayon qilgani yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar