date

Inson tana haroratidan smartfon quvvatlash usuli ixtiro qilindi

Inson tana haroratidan smartfon quvvatlash usuli ixtiro qilindi

Xitoylik olimlar yangi innovatsion kashfiyot bilan jamoatchilik e’tiborini qozonishdi. Ular smartfon va boshqa elektron qurilmalarni inson tanasi harorati orqali quvvatlantirish imkonini beruvchi noyob texnologiyani ixtiro qilishdi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadqiqotchilar maxsus rezina modda yaratishgan. Bu material inson tanasidan chiqadigan issiqlikni elektr energiyasiga aylantirish qobiliyatiga ega. Odatda inson organizmining o‘rtacha harorati 37 daraja bo‘lsa, atrof-muhit harorati esa 20–30 daraja orasida bo‘ladi. Shu harorat farqi orqali energiya ishlab chiqarish mumkinligi aniqlangan.

Olimlarning ta’kidlashicha, mazkur texnologiyadan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, elektr ta’minoti yo‘q joylarda smartfon yoki boshqa gadjetlarni quvvatlantirish, tibbiy uskunalarni ishlatish, hatto kiyim ichiga joylashtirish orqali telefonni doimiy ravishda qayta quvvatlab turish imkoni paydo bo‘ladi.

Qolaversa, bu material nafaqat energiya ishlab chiqaradi, balki inson organizmi uchun qulay harorat muhitini saqlashga ham yordam berishi mumkin. Shu tariqa, inson tana haroratidan samarali tarzda foydalanish imkoni ochilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Inson tana haroratidan smartfon quvvatlash usuli ixtiro qilindi