
Noutbuklar sotuvi bo‘yicha jahonda etakchi o‘rinni egallab kelayotgan Xitoyning Lenovo kompaniyasi 2017 yilda Chrome OS dasturida ishlaydigan yangi Yoga Book turkumidagi gibridlarni ishlab chiqarmoqchi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Manbada qayd etilgan ma’lumotda aytilishcha, Lenovo kompaniyasining vise-prezidenti Jeff Meredit bu haqda so‘zlab o‘tgan. So‘nggi yillarda Chrome OS dasturida faoliyat ko‘rsatadigan noutbuklarning ta’lim sohasidagi ommaviyligi ortib bormoqda. Shu bois xitoylik gigant ham mazkur operasion tizim asosida ishlaydigan gibrid-noutbuklarning muvaffaqiyat qozonishiga shubha bildirmayapti.
Chrome OS versiyasidagi Yoga Book shu seriyadagi avvalgi qurilmalarning barcha muhim xususiyatlari, jumladan, stilus funksiyasini saqlab qolishi ma’lum qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar