TechCrunch xabariga ko‘ra, KOAH nomli yangi texnologik startap sun’iy intellekt ilovalari ichida reklama ko‘rsatish g‘oyasi bilan 5 million dollar investitsiya oldi. Bu yo‘nalish ko‘pchilik uchun noan’anaviy tuyulsa-da, investorlar bu g‘oyaga ishonch bildirishdi.
Startapning maqsadi — AI ilovalari, jumladan chatbotlar va virtual yordamchilar ichida reklama joylashtirish uchun infratuzilma yaratish. Misol uchun, foydalanuvchi biror mahsulot haqida ma’lumot so‘rasa, sun’iy intellekt unga mos mahsulotni ham tavsiya qilishi mumkin.
KOAH asoschilarining aytishicha, AI xizmatlaridan millionlab odamlar foydalanyapti, ammo bu xizmatlar barqaror daromadga ega emas. Reklama — bu muammoning yechimlaridan biri bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, kompaniya reklama AI xizmatlari sifatiga zarar bermasligi, balki foydalanuvchiga haqiqatdan kerakli tavsiyalar berishini istamoqda. Ya’ni, bu yerda soxta bannerlar yoki keraksiz e’lonlar emas, balki kontekstga mos yechimlar bo‘ladi.
5 million dollar jalb qilingan bo‘lsa-da, hozircha aynan qaysi investorlar ishtirok etgani oshkor qilinmagan. Yaqin oylar ichida dastlabki hamkorlar va reklamachilar bilan tajriba boshlanishi kutilmoqda.
Sun’iy intellekt xizmatlarida reklama bo‘lishi siz uchun qulaylikmi ёки bezovtalик? Qanday formatlar foydali bo‘lishi mumkin deb o‘ylaysiz?
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!