date

Amazon va Microsoft H-1B vizasidagi xodimlarga ogohlantirish berdi

Amazon va Microsoft H-1B vizasidagi xodimlarga ogohlantirish berdi

Amazon, Google va Microsoft kabi yirik texnologik kompaniyalar H-1B vizasiga ega xodimlariga AQShdan chiqmaslikni tavsiya qilmoqda, deb xabar berdi TechCrunch. Bu ogohlantirish viza asosida ishlayotgan mutaxassislarning mamlakatga qaytishda duch kelishi mumkin bo‘lgan xavflar bilan bog‘liq.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShdagi tashqi siyosiy o‘zgarishlar va immigratsion noaniqliklar sababli, H-1B vizasiga ega bo‘lganlar AQShdan chiqib ketgach, orqaga qaytishda muammoga duch kelishi mumkin. Shu sababli, Amazon, Google va Microsoft kompaniyalari xavfni kamaytirish maqsadida xodimlariga hozircha AQShni tark etmaslikni maslahat bermoqda.

Bu ogohlantirish global darajadagi muhandis va IT-mutaxassislarni yollovchi kompaniyalar uchun dolzarb hisoblanadi. Hozirda AQShda H-1B vizasi asosida minglab xorijiy mutaxassislar faoliyat yuritmoqda. Kompaniyalar bu tavsiyalar vaqtincha ekanini, vaziyatga qarab yangilanishi mumkinligini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amazon va Microsoft H-1B vizasidagi xodimlarga ogohlantirish berdi