date

Sem Altman: Sun’iy intellekt dunyo ustidan nazoratni qo‘lga kiritishi mumkin

Sem Altman: Sun’iy intellekt dunyo ustidan nazoratni qo‘lga kiritishi mumkin

OpenAI texnologik korporatsiyasi bosh direktori Sem Altman sun’iy intellekt kelajakda butun dunyoni nazoratga olishi ehtimolini insoniyat uchun eng katta tahdidlardan biri sifatida tilga oldi.

Bu haqda Bild nashri ma’lum qildi.

Axel Springer media kompaniyasi rahbari Mattias Dyopfner bilan suhbatda Altman:

"Model tasodifan dunyo ustidan nazoratni qo‘lga kiritishi mumkin", – dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan yana ikki yo‘l mavjud: u yoki hokimiyatdagilarni o‘z itoatiga solishi, yoki o‘z hayotini olishi mumkin.

ChatGPT neyron tarmog‘i haqida to‘xtalar ekan, Altman foydalanuvchilar soni yaqin vaqtlarda bir necha milliardga yetishi mumkinligini qayd etdi. Unga ko‘ra, odamlar ishda, turmushda va muhim qarorlar qabul qilish jarayonida sun’iy intellekt javoblariga ko‘proq tayana boshlagan.

"Aholi sun’iy intellekt maslahatlariga tobora ko‘proq amal qilmoqda. Bu esa insonning nazoratni yo‘qotishiga olib kelishi mumkin", – dedi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sem Altman: Sun’iy intellekt dunyo ustidan nazoratni qo‘lga kiritishi mumkin