date

Samsung Galaxy S26 Ultra dizayni va kamera xususiyatlari oshkor qilindi

Samsung Galaxy S26 Ultra dizayni va kamera xususiyatlari oshkor qilindi

Samsung kompaniyasining yangi flagman modeli — Galaxy S26 Ultra’ning ilk render tasvirlari internetda paydo bo‘ldi. Mazkur suratlarni mashhur insayder OnLeaks taqdim etdi va ular orqali smartfonning tashqi ko‘rinishi hamda asosiy texnik xususiyatlari haqida dastlabki ma’lumotlar ochiqlandi.

Unga ko‘ra, Galaxy S26 Ultra orqa panel dizayni jihatidan Galaxy Z Fold7’ga o‘xshash bo‘ladi. Avvalgi S25 Ultra’dagi kabi alohida linzalar o‘rniga bitta kamera blokidan iborat “orolchaga” joylashtiriladi. Asosiy kamera 200 megapikselli bo‘lib qoladi, sensor hajmi esa 1/1,3 dyuymni tashkil etadi.

OnLeaks ma’lumotiga ko‘ra, asosiy modul diafragmasi f/1,7 dan f/1,4 gacha yaxshilangan. Bundan tashqari, kamera tizimida 50 MP ultra-keng burchakli obyektiv va ikkita periskopli linza bo‘lishi kutilmoqda, ulardan biri 10 MP sensorga ega bo‘ladi.

Qurilmaning qalinligi 7,9 mm dan oshmasligi aytilmoqda (kamera blokida esa 12,4 mm gacha). Samsung Galaxy S26 Ultra taqdimoti 2026-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, deb 4PDA xabar berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy S26 Ultra dizayni va kamera xususiyatlari oshkor qilindi