date

Vivo OriginOS 6 operatsion tizimini taqdim etdi

Vivo OriginOS 6 operatsion tizimini taqdim etdi

Vivo kompaniyasi o‘zining firmaviy operatsion tizimi — OriginOS 6.0 ni taqdim etdi. Yangi versiya Android 16 asosida ishlaydi va asosiy yangiligi — Liquid Glass uslubidagi interfeys redizayni bo‘ldi, deb yozmoqda Rozetked.me sayti.

Taqdimot videosida OriginOS 6 va iOS 26 o‘rtasida ko‘p o‘xshashliklar namoyon bo‘ldi: “shisha” dizayni, ovozli yordamchi interfeysi, knopka animatsiyalari hamda yangi standart oboylar shular jumlasidan.

Yana bir qiziq funksiya — blokirovka ekranindagi rasmni 3D formatda harakatlantirish imkoni. Bu funksiya ham iOS 26 dagi effektini eslatadi.

OriginOS 6 Xitoyda 10 oktyabr, boshqa mintaqalarda esa 15 oktyabr kuni chiqariladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Vivo OriginOS 6 operatsion tizimini taqdim etdi