Xitoyda noodatiy dizayn va 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega Gionee M2017 smartfoni taqdim etildi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Smartfonning tayanch versiyasi taxminan 1000 dollar (6999 yuan), top versiyasi esa taxminan 2,5 ming dollar (16999 yuan) narxda sotuvga chiqadi.
Yangi qurilma bozorga metalldan yasalgan an’anaviy korpusda, shuningdek, timsoh terisidan qilingan detallarga ega holda chiqariladi.
Xabarlarga ko‘ra, qurilmaning sig‘imdor akkumulyatori 3500 mA/soat sig‘imli ikkita modulni birlashtirish evaziga olingan. Kompaniya ushbu quvvat elementlari xavfsizligi va uzoq vaqt ishlashiga kafolat beradi.
Shuningdek, smartfon 5,7 dyuym va 2560×1440 pikselli AMOLED-ekran, 6 Gb tezkor va 128/256 Gb ichki xotira, sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 653 prosessori, 12+13 megapikselli asosiy qo‘sh kamera va 8 megapikselli old kameraga ega.
Gionee M2017 kelasi yilning 6 yanvarida sotilishni boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi